locale OZ

Chempionlar ligasi. \"PSJ\" kichik hisobda \"Arsenal\"dan ustun keldi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Chempionlar ligasi. "PSJ" kichik hisobda "Arsenal"dan ustun keldi
Photo: gettyimages

Yevropa chempionlar ligasi yarim final dastlabki uchrashuvlar doirasidagi Londonning “Arsenal” hamda Parijning “PSJ” jamoalari o'rtasidagi qarama-qarshilik bo'lib o'tdi.

Qiziqarli va keskin kurashlarga boy tarzda kechgan bahsda parijliklar to'rtinchi daqiqada Usmon Dembelening kiritgan goli evaziga London jamoasi ustidan g'alaba qozondi.

To'pni nazorat qilish bo'yicha statistika: “Arsenal” 48% “PSJ” 52%

Inglizlar o'yin davomida 10ta umumiy zarba bergan bo'lsa shulardan 5tasi aniq borgan. Fransuzlarda esa 11ta umumiy zarbadan 4tasi darvozaga aniq borgan.

Shunday qilib, parijliklar dastlabki bahsda minimal hisobda g'alaba qozondi va hammasi Parijdagi javob uchrashuvida aniq bo'ladigan bo'ldi.

Chempionlar ligasi 1/2 final

"Arsenal" 0:1 PSJ

Gol: Dembele 4


Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting