Chempionlar Ligasi: Kamchilik bo‘lib qolgan «Barselona» «Atletiko»ga imkoniyatni boy berdi
Jamoalar o‘rtasidagi javob uchrashuvi 15-aprelga o‘tar kechasi bo‘lib o‘tadi.
ФОТО: Getty images
Kataloniyaning «Barselona» klubi UEFA Chempionlar ligasi chorak finalining dastlabki bahsida «Atletiko Madrid»ni qabul qilib, 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Mezbonlar safida Lamin Yamal va Markus Reshfordda hisobni ochish uchun imkoniyatlar bo‘ldi, ammo to‘p darvozadan o‘rin olmadi. Birinchi taym oxirida Pau Kubarsi so‘nggi umid foli uchun maydondan chetlatildi. Belgilangan jarima zarbasini esa Xuliyan Alvarez qoyilmaqom ijro etib, hisobni ochdi.
Ikkinchi taymda kamchilik bo‘lib qolganiga qaramay «Barselona» hujumkor boshladi. 70-daqiqada qarshi hujumga o‘tgan madridliklar hisobni 0:2 ga oshirdi. Rudjeri qanotdan uzatgan to‘pni Serlot darvozaga joylab qo‘ydi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist