Chempionlar Ligasi finalidan oldin Fransiya politsiyasi shay holatga keltirildi
Fransiya ichki ishlar vaziri Loran Nunyes huquq-tartibot idoralari xodimlarini UEFA Chempionlar Ligasi finali kuni sodir boʻlishi mumkin boʻlgan ehtimoliy tartibsizliklardan ogohlantirdi.
“Oʻtgan yili «PSJ» yutganida shaharda nimalar boʻlganini koʻrdingiz: odamlar qonunni buzdi, zoʻravonliklar boʻldi, hatto politsiya bilan toʻqnashuvlar kelib chiqdi. Agar bu safar ham shunday tartibsizliklar takrorlansa, darrov janjalning oldini oling, aybdorlarni qoʻlga oling va birinchi navbatda oʻz (politsiya va jandarmlar) xavfsizligingizni oʻylang”, dedi Nunyes.
Maʼlumot uchun, hal qiluvchi bahsda Londonning “Arsenal” va Fransiyaning PSJ klublari oʻzaro toʻqnash keladi. Uchrashuv 30-may kuni Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da Budapeshtdagi “Pushkash Arena”da boʻlib oʻtadi.