Chempionlar Ligasi 25 yil ichida ilk bor toʻp yetkazib beruvchi kompaniyani oʻzgartirishi mumkin
UEFA Chempionlar Ligasi so‘nggi 25 yil ichida ilk bor rasmiy o‘yin to‘plari yetkazib beruvchisini o‘zgartirishi mumkin. Bu haqda The Athletic nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, UEFA va Yevropa klublari assotsiatsiyasi (ECA) hamkorligidagi «Relevent Football Partners» va «UC3» qo‘shma korxonasi mazkur turnir uchun to‘p yetkazib berish huquqini qo‘lga kiritish bo‘yicha rasmiy tender e’lon qilmoqda. Tender g‘olibi 2027/2028 yilgi mavsumdan boshlab Chempionlar Ligasi uchun to‘plarni taqdim etish huquqiga ega bo‘ladi.
Ushbu qarorga asosiy sabab sifatida homiylik shartnomalari orqali tushadigan daromadni oshirish istagi ko‘rsatilmoqda. Hozirgi kunda ushbu vazifani bajarayotgan «Adidas» kompaniyasi shartnomani uzaytirishdan manfaatdor. Shuningdek, «Puma» va «Nike» kompaniyalari ham futbol ekipirovkasi bozoridagi o‘rnini mustahkamlash maqsadida ushbu tender jarayonini diqqat bilan kuzatib bormoqda.
Eslatib o‘tamiz, «Nike» 1998 yildan 2000 yilga qadar Chempionlar Ligasi uchun to‘p yetkazib bergan bo‘lsa, 2001 yildan buyon mazkur o‘rinni «Adidas» egallab kelmoqda.