Chempionat yakunlanganidan so‘ng ta’tilga chiqqan chempion Neftchi 3-yanvar kuni yangi mavsumga tayyorgarlikni boshlaydi
Dastlabki o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini 3-yanvardan 21-yanvargacha, ikkinchi yig‘in esa 24-yanvardan 11-fevralga qadar tashkil etiladi
photo: Neftchi FK
Chempionat yakunlanganidan so‘ng ta’tilga chiqqan chempion Neftchi 3-yanvar kuni yangi mavsumga tayyorgarlikni boshlaydi. Jamoamiz yangi mavsum oldidan o‘z oldiga yanada yuqori maqsadlarni qo‘ygan.
Bosh murabbiy Islombek Ismoilov boshchiligidagi tayyorgarlik jarayoni ikkita xorijiy yig‘indan iborat bo‘ladi. Dastlabki o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini 3-yanvardan 21-yanvargacha, ikkinchi yig‘in esa 24-yanvardan 11-fevralga qadar tashkil etiladi. Har ikki yig‘in ham Turkiyaning Antaliya shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Mazkur yig‘inlar davomida Neftchi Yevropaning bir qator kuchli jamoalariga qarshi nazorat uchrashuvlarida maydonga tushadi. Ushbu bellashuvlar bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlar keyinroq e’lon qilinadi.
Ibrohim Jalolov
Redaktor