locale OZ

«Chelsi»ning yangi bosh murabbiyi sifatida Filipe Luis ko‘rib chiqilmoqda

U hozirda ishsiz.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Chelsi»ning yangi bosh murabbiyi sifatida Filipe Luis ko‘rib chiqilmoqda
ФОТО: Getty images

“Chelsi”ning sobiq himoyachisi Filipe Luis klubning bosh murabbiyi lavozimiga asosiy nomzod sifatida ko‘rib chiqilmoqda. Insayder Fabrizio Romano ma’lumotiga ko‘ra, londonlik klub braziliyalik mutaxassisni bu yozdan e’tiboran tayinlash imkoniyatini muhokama qilmoqda.

“Chelsi” rahbariyati Luisda jamoani tubdan yangilash va “Stamford Bridj”da yangi o‘yin uslubini yaratish uchun kalitni ko‘rmoqda.

Filipe Luis murabbiy sifatida tez sur’atda rivojlanayotgani va klubning ichki falsafasini chuqur tushunishi uchun yuqori baholanmoqda. Luis 2014/2015 yilgi mavsumda “Chelsi”da to‘p surgan. London klubi safida braziliyalik 26 ta o‘yinda maydonga tushib, jamoaga Premer-liga va Liga kubogini qo‘lga kiritishda yordam bergan.

Luis bilan muzokaralar faol olib borilmoqda va u asosiy nomzodlar ro‘yxatida turibdi. Braziliyalik mutaxassis bu yil mart oyida “Flamengo”dan iste’foga chiqqan va shu vaqtgacha klubsiz qolmoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting