locale OZ

«Chelsi»ning sobiq hujumchisi Demba Ba “Gavr” sport direktori bo‘ldi

Bu haqda to‘q ko‘klarning rasmiy saytida xabar qilindi.
“Chelsi”ning sobiq hujumchisi Demba Ba “Gavr” sport direktori bo‘ldi
ФОТО: Getty images

Londonning “Chelsi” klubi va Senegal terma jamoasining sobiq hujumchisi Demba Ba Fransiyaning “Gavr” klubi sport direktori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda to‘q ko‘klarning rasmiy saytida xabar qilindi.

Ba fransuz futboli tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Kattalar darajasida sobiq futbolchi “Hoffenhaym”, “Vest Hem Yunayted”, “Nyukasl Yunayted”, “Chelsi”, “Beshiktosh” va bir qator boshqa jamoalarda to‘p surgan.

O‘z tarixi davomida “Gavr” bir martadan Frantsiya Kubogi va Superkubogini qo‘lga kiritgan, shuningdek, olti marta 2-Liga g‘olibiga aylangan. O‘tgan mavsum yakunlariga ko‘ra to‘q ko‘klar Frantsiya 1-Ligasi turnir jadvalida 14-o‘rinni egalladi.

Sport — bir bosishda!
Jamiyatlarimizga obuna bo‘ling va sport voqealaridan xabardor bo‘ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting