«Chelsi»ning sobiq futbolchisi Qozog‘iston klubiga o‘tdi
Klub nigeriyalik futbolchini tanishtirdi.
Фото: Қайсар ПФК
Nigeriya terma jamoasi va “Chelsi” klubining sobiq yarim himoyachisi Viktor Mozes rasman Qozog‘istonning “Qaysar” jamoasi bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
“Viktor Mozes o‘z faoliyati davomida bir qator Yevropa gigantlari safida maydonga tushgan va yuqori mahorati bilan tanilgan. Uning “Qaysar”ga o‘tishi jamoaning kelgusi mavsumdagi maqsadlarini amalga oshirishda muhim omil sifatida baholanmoqda”, – deyiladi klub rasmiy bayonotida.
Ma’lumot uchun, Viktor Mozes faoliyati davomida “Kristal Pelas”, “Uigan Atletik”, “Liverpul”, “Stok Siti” va “Vest Xem”, Turkiyaning “Fenerbaxche”, Italiya “Inter” hamda Rossiyaning “Spartak” jamoalarida o‘ynagan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist