locale OZ

“Chelsi”ga “Tottenhem”ning sobiq yarim himoyachisi taklif qilindi

30 yoshli futbolchi Enso Fernandesning o‘rnini to‘ldirishi mumkin bo‘lgan variant sifatida London klubiga tavsiya etilgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Chelsi”ga “Tottenhem”ning sobiq yarim himoyachisi taklif qilindi
Foto: Getty Images

“Chelsi”ga “Tottenhem”ning sobiq yarim himoyachisi Iv Bissuma taklif qilindi. The Sun ma’lumotiga ko‘ra, 30 yoshli futbolchi Enso Fernandesning o‘rnini to‘ldirishi mumkin bo‘lgan variant sifatida London klubiga tavsiya etilgan.

Angliyada transfer oynasi yopilgan bo‘lsa-da, “Chelsi” Bissumani ro‘yxatdan o‘tkazishi mumkin. Malilik futbolchi yozda “Tottenhem”ni tark etgan va ayni paytda erkin agent maqomida. Shu sabab uning transferi uchun boshqa klub bilan kelishuvga ehtiyoj yo‘q.

Bissumaga “Ayaks” va “Monako” ham qiziqish bildirmoqda. Biroq yarim himoyachining o‘zi faoliyatini Angliyada davom ettirishni istamoqda.

Ma’lumot uchun, Bissuma 2022-yildan buyon “Tottenhem” safida to‘p surib, klub uchun barcha musobaqalarda 111 ta uchrashuv o‘tkazgan va 2 ta gol urgan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting