locale OZ

«Chelsi»ga Arda Gülerni olib kelmoqchi

Transfermarkt portali Arda Gülerni 90 million yevroga baholagan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Chelsi»ga Arda Gülerni olib kelmoqchi
ФОТО: Getty images

«Chelsi» bosh murabbiyi Xabi Alonso Madridning «Real» klubi yarimhimoyachisi Arda Gülerni jamoaga olib kelishni istamoqda. Bu haqda Goal nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, ispaniyalik mutaxassis turkiyalik futbolchi transferi g‘oyasini faol ravishda qo‘llab-quvvatlamoqda.

Qayd etilishicha, «qaymoqranglilar» 21 yoshli yarimhimoyachini qo‘yib yuborishni istamayapti va uning transferi uchun kamida 100 million yevro talab qilmoqda.

Transfermarkt portali Arda Gülerni 90 million yevroga baholagan.

Turkiyalik futbolchi ushbu mavsum barcha musobaqalarda 50 ta bahsda maydonga tushib, 6 ta gol va 14 ta assist qayd etdi.

Ma’lumot uchun, Xabi Alonso o‘tgan yilning iyun oyida «Real» bosh murabbiyi etib tayinlangandi, biroq yanvar oyida lavozimidan ozod etilgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting