“Chelsi” yozda ikkita katta transferni amalga oshirmoqchi
“Chelsi” yozgi transfer oynasida tarkibni kuchaytirmoqchi. Bu haqda The Sun xabar tarqatmoqda.
Manbaga ko‘ra, London klubi yozda “MYu”dan Alejandro Garnacho va “Borussiya D”dan Jaymi Gittenslarni sotib olmoqchi.
“Chelsi” qishki transfer vaqtida ham bu o‘yinchilarga qiziqish bildirgan. Ammo klublar ushbu takliflarni ko‘rib chiqishni istamagan. Yaqinlashib kelayotgan transfer oynasi vaqtida “Chelsi” Garnacho va Gittenslarni qo‘lga kiritish uchun yana bir bor harakat qiladi.
Garnachoning “MYu” bilan shartnomasi 2028 yilning yozigacha amal qiladi. U joriy mavsumda barcha turnirlarda 55 ta o‘yinda maydonga tushib, 10 ta gol urdi, 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Gittensning ham “asalari”lar bilan bitimi 2028 yilning yozigacha. Joriy mavsumda u 47 ta o‘yinda 12 ta gol urdi va 3 ta assistni o‘z hisobiga yozib qo‘ydi.