locale OZ

Chelsi yozda Chuameni uchun taklif yuboradi

Madrid klubi 26 yoshli fransiyalik bilan xayrlashish niyatida emas.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Chelsi yozda Chuameni uchun taklif yuboradi
Фото: Getty Images

"Chelsi" transfer bozorida tarkibni kuchaytirish variantlarini o‘rganmoqda.

Transfer News Live nashrining Defensa Central'ga tayanib xabar berishicha, Angliya Premyer-ligasi grandi e'tibor markazida Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Orelien Chuameni turibdi.

Yozgi transfer oynasida "Chelsi" Chuameni bo‘yicha "Real"ga taklif yuborishi mumkin.

Madrid klubi 26 yoshli fransiyalik bilan xayrlashish niyatida emas. Ushbu kelishuv faqat Orelienning o‘zi qiziqish bildirgan va maoshining oshirilishini istagan taqdirdagina amalga oshishi mumkin.

Transfermarkt portali mutaxassislari Orelien Chuamenini 75 million yevroga baholamoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting