«Chelsi» Yørgensen uchun 15 mln funt olmoqchi
Jørgensen 2024 yilda “Vilyarreal”dan “Chelsi”ga 20 mln funt evaziga o‘tgan edi.
ФОТО: Getty images
Filip Yørgensen bu yozda "Chelsi"dan o‘zini sotishni so‘radi. Daniyalik darvozabon boshqa klubda asosiy bo‘lishni xohlamoqda.
Jørgensen 2024 yilda "Vilyarreal"dan "Chelsi"ga 20 mln funt evaziga o‘tgan edi. Shartnoma 2031 yilgacha mo‘ljallangan. Ammo u Robert Sanchesni tarkibdan siqib chiqara olmadi.
O‘tgan mavsumda Yørgensen atigi 12 ta o‘yinda maydonga tushdi. U mart oyida PSJga qarshi bahsda xatoga yo‘l qo‘ydi, bu esa uning ahvolini yanada og‘irlashtirdi.
"Chelsi" Yørgensenni sotishga tayyor. Klub kamida 15 mln funt ishlab olmoqchi.
Yangi bosh murabbiy Xabi Alonso vaziyatga ta’sir qilishi mumkin. Ammo Sanches, katta ehtimol bilan, asosiy darvozabon bo‘lib qoladi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist