«Chelsi» XXI asrda ilk bor ketma-ket toʻrtta oʻyinda gol ura olmasdan magʻlub boʻldi
Londonliklar navbatdagi oʻyinini 21 aprel kuni «Brayton»ga qarshi oʻtkazadi.
FOTO: Getty Images
«Chelsi» Angliya Premyer-ligasining 33-turi doirasida kechgan bahsda «Manchester Yunayted»ga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi. Shu tariqa, londonliklar so‘nggi 28 yildan ortiq vaqt ichida ilk bor chempionatda ketma-ket to‘rtta o‘yinda gol ura olmasdan mag‘lubiyatga uchrashdi.
Liam Rosinyor jamoasining ushbu omadsiz seriyasi 30-turda «Nyukasl»ga qarshi o‘yinda (0:1) boshlangan edi. Shundan so‘ng «ko‘klar» «Everton» (0:3), «Manchester Siti» (0:3) va «qizil iblislar»ga mag‘lub bo‘lishdi.
Navbatdagi turda, 21 aprel kuni «Chelsi» safarda «Brayton» mehmoni bo‘ladi. Ayni damda «Chelsi» 48 ochko bilan Angliya oliy divizioni turnir jadvalida oltinchi o‘rinni egallab turibdi.