locale OZ

«Chelsi» XXI asrda birinchi bor APLda uchta oʻyinda bironta ham gol urolmay magʻlub boʻldi

Londonliklar hozirda Premyer-liga turnir jadvalida oltinchi oʻrinni egallab turibdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Chelsi» XXI asrda birinchi bor APLda uchta oʻyinda bironta ham gol urolmay magʻlub boʻldi
FOTO: Getty Images

«Chelsi» Angliya Premyer-ligasining 32-turi doirasidagi bahsda «Manchester Siti»ga imkoniyatni boy berdi (0:3). Shu tariqa, «ko‘klar» 1998 yildan buyon ilk bor APLda ketma-ket uchta o‘yinda gol ura olmay mag‘lubiyatga uchrashdi. Bu haqda Squawka nashri xabar bermoqda.

Liam Rosenyor shogirdlari ushbu muvaffaqiyatsiz seriya davomida «Nyukasl» (0:1), «Everton» (0:3) va «shaharliklar»ga imkoniyatni boy berishdi.

Ma’lumot uchun, 1997/1998 yilgi mavsumda londonliklar APLda ketma-ket to‘rt marta raqib darvozasiga yo‘l topa olmay yutqazgan edi — o‘shanda mag‘lubiyatlar «Arsenal» (0:2), «Lester Siti» (0:2), «Manchester Yunayted» (0:1) va «Aston Villa» (0:1) bilan o‘yinlarda qayd etilgan. O‘sha mavsum yakuniga ko‘ra «Chelsi» to‘rtinchi o‘rinni egallagan edi.

Ayni damda «Chelsi» 48 ochko bilan APL turnir jadvalida oltinchi pog‘onani egallab turibdi. 33-turda jamoani 18 aprel kuni «Manchester Yunayted»ga qarshi uchrashuv kutmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting