locale OZ

«Chelsi» Vinisius uchun mos variant emas — manba

Avvalroq londonliklar braziliyalik futbolchi bilan shartnoma imzolamoqchi ekanligi xabar qilingandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Chelsi» Vinisius uchun mos variant emas — manba
FOTO: Getty Images

Londonning «Chelsi» klubi Madridning «Real» jamoasi hujumchisi Vinisius Junior uchun mos variant emas. Bu haqda jurnalist Markos Benito X ijtimoiy tarmog‘ida xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, ingliz klubi braziliyalik futbolchining maosh bo‘yicha talablarini qondira olmaydi. Shu sababli Vinisiusning «Chelsi»ga o‘tishi hozircha real ko‘rinmayapti.

Avvalroq OAVda «Chelsi» qishki transfer oynasida tarkibini Vinisius bilan kuchaytirishni rejalashtirgani va futbolchi uchun «Real»ga 160 million yevro to‘lashga tayyor ekani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Vinisius Juniorning «qirollik klubi» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil yoziga qadar mo‘ljallangan. Ma’lumotlarga ko‘ra, tomonlar yangi kelishuv bo‘yicha hozircha kelisha olmagan, bunga sabab esa braziliyalik futbolchining mavsumiga 30 million yevro maosh talab qilayotgani hisoblanadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting