locale OZ

«Chelsi» va yana uchta klub «Yuventus» yarimhimoyachisiga qiziqish bildirmoqda

Turinliklar futbolchini toʻliq transfer asosida qoʻyib yuborishga tayyor.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Chelsi» va yana uchta klub «Yuventus» yarimhimoyachisiga qiziqish bildirmoqda
FOTO: Getty Images

Italiyaning «Yuventus» klubiga tegishli bo‘lgan va hozirda ijara asosida Angliyaning «Nottingem Forest» jamoasida to‘p surayotgan yarimhimoyachi Duglas Luisga bir qator klublar qiziqish bildirmoqda. Bu haqda jurnalist Nikolo Skira ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, 27 yoshli braziliyalik futbolchining xizmatlariga «Chelsi», «Aston Villa», Braziliyaning «Vasko da Gama» klubi hamda Niderlandiyaning «Ayaks» jamoasi qiziqish bildirmoqda. Qayd etilishicha, Duglas Luis yanvar oyidagi transfer oynasida «Nottingem Forest»ni tark etishi mumkin.

«Yuventus» futbolchini to‘liq transfer asosida qo‘yib yuborishga tayyor. Turinliklar ijara + majburiy sotib olish sharti bilan amalga oshiriladigan bitim uchun 28,5 mln yevro talab qilmoqda», — deb yozdi Skira.

Joriy mavsumda Duglas Luis Angliya Premyer-ligasida sakkizta uchrashuvda maydonga tushdi. Shuningdek, u Yevropa Ligasida to‘rtta o‘yin o‘tkazib, bitta golli uzatmani amalga oshirgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting