locale OZ

“Chelsi” va yana to‘rt APL klubi “Benfika” iqtidoriga qiziqmoqda

Hozircha klublar futbolchi bo‘yicha rasmiy taklif yubormagan va aniq muzokaralar boshlanmagan.
“Chelsi” va yana to‘rt APL klubi “Benfika” iqtidoriga qiziqmoqda
Foto: Getty Images

“Benfika”ning argentinalik vingeri Janluka Prestianni faoliyatini Angliya Premyer-ligasida davom ettirishi mumkin. TEAMtalk ma’lumotiga ko‘ra, 20 yoshli futbolchiga “Chelsi” jiddiy qiziqish bildirmoqda.

London klubidan tashqari, Prestianni “Tottenhem”, “Manchester Yunayted”, “Nyukasl” va “Brayton”ning ham radariga tushgan. Hozircha klublar futbolchi bo‘yicha rasmiy taklif yubormagan va aniq muzokaralar boshlanmagan.

Argentinalik vinger joriy mavsumni juda yaxshi boshladi. “Benfika” safida barcha musobaqalarda 12 ta uchrashuvda maydonga tushgan Prestianni 8 ta gol urib, 3 ta golli uzatma amalga oshirdi. Portugaliya klubi futbolchiga Angliyadan ortayotgan qiziqish fonida uning shartnomasini uzaytirishni rejalashtirmoqda.

Ma’lumot uchun, Prestianni 2006-yil 31-yanvarda Argentinada tug‘ilgan. U “Veles Sarsfild” akademiyasi tarbiyalanuvchisi bo‘lib, 16 yoshidayoq klub asosiy jamoasida debyut qilgan. Keyinchalik “Benfika” safiga qo‘shilgan futbolchi Transfermarkt tomonidan 40 million yevroga baholanmoqda.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting