locale OZ

«Chelsi» va «Tottenhem» Fisnik Aslani uchun kurashga kirishdi

Shuningdek, «Barselona» ham ushbu futbolchiga daʼvogarlik qilmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Chelsi» va «Tottenhem» Fisnik Aslani uchun kurashga kirishdi
FOTO: Getty Images

Londonning «Chelsi» va «Tottenhem» klublari «Hoffenxaym» hujumchisi Fisnik Aslaniga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Bild nashrining xabar berishicha, har ikki klub 23 yoshli forvardni kelayotgan yozgi transfer oynasida o‘z safiga qo‘shib olish variantini ko‘rib chiqmoqda.

Manbaga ko‘ra, bu kurashda London klublariga Myunxenning «Bavariya» jamoasi raqobatchilik qilishi mumkin. Avvalroq OAVda Aslaniga «Barselona» tomonidan ham qiziqish borligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Joriy mavsumda hujumchi barcha musobaqalarda 27 ta uchrashuvda maydonga tushib, 9 ta gol va 8 ta samarali uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, uning bozor qiymati 30 million yevroni tashkil etadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting