\"Chelsi\" va \"MYu\" Delap uchun kurashadi
Photo: Getty Images
“Chelsi” va “MYu” jamoalari “Ipsvich” hujumchisi Liam Delapni qo‘lga kiritish uchun kurashadi. Bu haqda The Sun xabar berdi.
Qayd etilishicha, "ko‘klar" hujumchini xarid qilish uchun "Ipsvich"ga 35 million yevro to‘lashga tayyor. Ma'lumotlarga ko‘ra, Delapning o‘zi "Chelsi" bosh murabbiyi Enso Mareska qo‘l ostida o‘ynashni xohlamoqda. Ular avvalroq "Manchester Siti" akademiyasida birga ishlashgan.
“MYu” esa Liam transferiga “Chelsi”dan ko‘proq taklif qilmoqchi va uni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.
"Ipsvich Taun" APLdan tushib ketgani sababli futbolchining tovon puli 30 million funtni tashkil etadi. Joriy mavsumda Delap 38 ta o‘yinda maydonga tushib, 12 ta gol va 2 ta assist muallifiga aylangan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist