locale OZ

“Chelsi” va “Milan” Menyan transferi bo‘yicha muzokaralarni boshladi

Fransiyalik posbon APLga yo‘l olishi mumkin
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Chelsi” va “Milan” Menyan transferi bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Photo: Getty Images

“Milan” darvozaboni Mayk Menyan faoliyatini “Chelsi”da davom ettirishi mumkin. Bu haqda Fabrizio Romano xabar berdi.

Qayd etilishicha, “aristokratlar” Menyanni anchadan beri kuzatib kelmoqda va aynan shu yozgi transfer oynasida uni xarid qilishni xohlamoqda.

O‘tgan mavsumda fransiyalik darvozabon “rossonerilar” safida 53ta o‘yin o‘tkazib, 59ta gol o‘tkazib yuborgan. Futbolchining klub bilan shartnomasi 2026 yilning yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portalida keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, Maykning bozor qiymati 25 mln yevroni tashkil etadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting