locale OZ

“Chelsi” va “Manchester Siti” Shvetsiya chempionatining iqtidorli hujumchisi uchun kurashmoqda

22 yoshli hujumchi joriy mavsumda ajoyib sport formasini namoyish etmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Chelsi” va “Manchester Siti” Shvetsiya chempionatining iqtidorli hujumchisi uchun kurashmoqda
Foto: Getty Images

Angliyaning ikki grandi — “Chelsi” va “Manchester Siti” Shvetsiyaning “IK Sirius” klubida to‘p surayotgan shotlandiyalik hujumchi Robbi Yurni o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda. CaughtOffside xabariga ko‘ra, har ikki klub futbolchining transferi bo‘yicha vaziyatni diqqat bilan kuzatmoqda va muzokaralarni boshlab yuborgan.

22 yoshli hujumchi joriy mavsumda ajoyib sport formasini namoyish etmoqda. U Shvetsiya chempionatidagi so‘nggi 14 uchrashuvda 15 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Umuman olganda esa, Robbi Yur “IK Sirius” safida 49 ta o‘yinda maydonga tushib, 31 ta gol muallifiga aylangan.

Manbaga ko‘ra, futbolchiga faqat “Chelsi” va “Manchester Siti” emas, balki Yevropaning yana bir qator top klublari ham qiziqish bildirmoqda. Ular orasida “Arsenal”, “Tottenhem”, “Nyukasl”, “Milan”, “Napoli”, “Monako”, “Lill”, “Galatasaroy”, “Fenerbahche” va “Beshiktosh” ham bor.

Hozircha Robbi Yurning transferi bo‘yicha rasmiy kelishuv mavjud emas. Biroq yozgi transfer oynasining yakuniga qadar Angliya grandlaridan biri uning transferini amalga oshirishi mumkinligi aytilmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting