«Chelsi» va «Liverpul»ning sobiq hujumchisi Angliyaning to'rtinchi divizoni klubiga oʻtdi
«Chelsi», «Liverpul», «Milan» va Italiya milliy jamoasining sobiq hujumchisi Fabio Borini Angliyaning to'rtinchi divizoni — Liga 2'da ishtirok etuvchi «Salford Siti» klubiga oʻtdi. Bu haqda jamoa matbuot xizmati rasman eʼlon qildi.
Manbaga koʻra, klub 34 yoshli futbolchini yozgi transferlar oynasidan tashqari ro'yxatdan o'tkazish uchun ruxsat oldi. Borini yozdan beri erkin agent maqomida edi va soʻnggi oylarda jamoa bilan birga mashgʻulotlarda ishtirok etib, sport formasini saqlab turgan.
Qayd etilishicha, italiyalik futbolchi «Salford» bilan qisqa muddatli shartnoma imzolagan. U yangi jamoasi safida 16-raqam ostida harakat qiladi.
Maʼlumot uchun, ushbu jamoaga Angliya milliy jamoasining sobiq futbolchilari Devid Bekhem va Gari Nevill hammuassislik qiladi.