locale OZ

«Chelsi» va «Liverpul» «Nottingem» himoyachisiga qiziqish bildirmoqda

Futbolchining yaqinlari transfer boʻyicha variantlarni faol koʻrib chiqmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Chelsi» va «Liverpul» «Nottingem» himoyachisiga qiziqish bildirmoqda
FOTO: Getty Images

«Chelsi» va «Liverpul» klublari «Nottingem Forest» himoyachisi Murilloga qiziqish bildirmoqda, deya xabar beradi TEAMtalk.

Futbolchining yaqinlari transfer bo‘yicha potensial variantlarni faol ko‘rib chiqmoqda. «Liverpul» va «Chelsi» esa Murilloni o‘z safiga jalb qilish bo‘yicha eng jiddiy ishlarni amalga oshirdi.

«Chelsi»ning o‘yinchiga bo‘lgan qiziqishi yozgi transfer oynasida uchta himoyachining sotilishi ehtimoli bilan bog‘liq. «Liverpul»da esa Ibraima Konate va Jozef Gomesning kelajagi borasida noaniqlik mavjud.

Joriy mavsumda Murillo barcha turnirlar doirasida 25 ta o‘yinda ishtirok etib, bitta gol muallifiga aylandi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2029 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, o‘yinchining bozor qiymati 55 million yevroni tashkil etadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting