«Chelsi» va «Liverpul» «Komo» himoyachisiga qiziqish bildirmoqda
«Chelsi», «Tottenhem» va «Liverpul» klublari 21 yoshli «Komо» himoyachisi Yakobo Ramonning o‘yinini kuzatish uchun skautlarini yubordi. Bu haqda Caught Offside xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati taxminan 18 million yevro atrofida baholansa-da, Angliya Premer-ligasidagi klublar uchun uning real narxi ancha yuqori bo‘lishi mumkin. Shu bilan birga, vaziyatga Madridning «Real» klubi aralashishi ehtimoli mavjud.
Ramon «qirollik klubi» tarbiyalanuvchisi hisoblanadi va jamoa himoyachini 8 million yevro evaziga qayta sotib olish huquqiga ega. Kelajakda futbolchi sotilganda «Real» daromadning 50%ini oladi.
Joriy mavsumda Yakobo 17 o‘yinda maydonga tushib, 2 gol urdi. Uning amaldagi shartnomasi 2030 yilgacha mo‘ljallangan. Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 18 millionni tashkil etadi.