locale OZ

«Chelsi» va «Liverpul» Kamavinga uchun kurashga kirishdi

«Real» 23 yoshli futbolchi uchun 50 million yevro atrofidagi takliflarni koʻrib chiqishga tayyor.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Chelsi» va «Liverpul» Kamavinga uchun kurashga kirishdi
FOTO: Getty Images

Londonning «Chelsi» klubi «Real» yarimhimoyachisi Eduardu Kamavingani qo‘lga kiritish borasida «Liverpul»ga jiddiy raqobat tug‘dirishi mumkin. «Ko‘klar» fransiyalik futbolchiga bo‘lgan qiziqishni Enso Fernandesning jamoadagi kelajagi so‘roq ostida qolayotgani fonida kuchaytirishgan. Bu haqda Caught Offside nashri xabar bermoqda.

Manbaning ta’kidlashicha, ayni damda «Chelsi» va «Liverpul» Kamavinganing yaqinlari bilan aloqa o‘rnatishga harakat qilmoqda.

Hozircha bu borada mersisaydliklar biroz ilgarilab ketishgan. Avvalroq jurnalist Matteo Moretto «qirollik klubi» 23 yoshli o‘yinchi uchun 50 million yevro miqdoridagi takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor ekanligi haqida ma’lum qilgan edi.

Ma’lumot o‘rnida, Eduardu Kamavinga joriy mavsumda barcha turnirlar doirasida 33 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 2 ta gol va bitta samarali uzatmani yozdirib qo‘ydi. Futbolchining Madrid klubi bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2029 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, o‘yinchining ayni damdagi bozor qiymati 50 million yevroni tashkil etmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting