locale OZ

«Chelsi» va «Bavariya» Menyan bilan shartnoma imzolamoqchi

Fransiyalik darvozabonning «Milan» bilan tuzgan shartnomasi kelasi yozda yakuniga yetadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Chelsi» va «Bavariya» Menyan bilan shartnoma imzolamoqchi
FOTO: Getty Images

Fransiya milliy jamoasi va «Milan» klubi darvozaboni Mik Menyan qishki transferlar vaqtida jamoasini o'zgartirishi mumkin. Bu haqda La Gazzette dello Sport nashri xabar bermoqda.

Manbaga koʻra, posbonga «Chelsi» va «Bavariya» qiziqish bildirmoqda va har ikki jamoa ham yanvar oyida muzokaralarni boshlashni rejalashtirmoqda. Menyanning «Milan» bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2026 yilning yozida yakuniga yetadi.

Qayd etilishicha, «rossonerilar» rahbariyatida futbolchining klubda qolishiga ishonch kamaygan, shu sabab sport direktori Igli Tare fransiyalik darvozabon uchun potensial oʻrinbosar qidira boshlagan.

Maʼlumot uchun, Menyan joriy mavsum barcha turnirlarda 12 ta oʻyinda maydonga tushib, 9 ta gol oʻtkazib yubordi va 4 ta oʻyinda darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting