locale OZ

«Chelsi» va «Barselona» yulduzni diqqat bilan kuzatmoqda

Kenanning turinliklar bilan shartnomasi 2029 yilning yozigacha amal qiladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Chelsi” va “Barselona” yulduzni diqqat bilan kuzatmoqda
ФОТО: Getty images

“Chelsi” klubi “Yuventus” hujumchisi Kenan Yildiz bo‘yicha taklif tayyorlamoqda. Bu haqda La Gazzetta dello Sport nashri xabar berdi.

Manbada keltirilishicha, londonliklar 20 yoshli futbolchini yozgi transfer oynasi vaqtida ham qo‘lga kiritishga urinishgan, biroq noma’lum sabablarga ko‘ra kelishuv amalga oshmagan.

Klub qishda yana Yildiz bo‘yicha muzokaralarni tiklash niyatida. Shu bilan birga, “Barselona” ham futbolchining holatini diqqat bilan kuzatmoqda.

Yevropaning top jamoalaridan takliflar bo‘lishiga qaramay, “Yuventus” futbolchini jamoadan saqlab qolish harakatini boshlagan.

Kenanning turinliklar bilan shartnomasi 2029 yilning yozigacha amal qiladi. Transfermarkt portaliga ko‘ra, futbolchining qiymati 75 million yevroga baholanmoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting