locale OZ

«Chelsi» va «Atletiko» Igor Tyago uchun kurashga qo‘shildi

«Brentford» o‘z to‘purarini 80 million funtga baholamoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Chelsi» va «Atletiko» Igor Tyago uchun kurashga qo‘shildi
FOTO: Getty Images

Londonning «Chelsi» hamda Madridning «Atletiko» klublari Angliyaning «Brentford» jamoasi hujumchisi Igor Tyagoni o‘z safiga qo‘shib olishga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda ESPN nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, har ikki grand klub yozgi transfer oynasi vaqtida braziliyalik forvardni sotib olish imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda. Ma’lum qilinishicha, «Brentford» o‘z futbolchisi uchun 80 million funt-sterling (taxminan 92,8 million yevro) miqdorida tovon puli talab qilmoqda.

Igor Tyago ayni damda Angliya Premer-ligasi to‘purarlar poygasida urilgan 22 ta gol bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda. U bu ko‘rsatkich bo‘yicha faqatgina «Manchester Siti» hujumchisi Erling Holanddan (24 ta gol) ortda qolmoqda, xolos.

Ma’lumot o‘rnida, 2024 yilning yozida «Brentford» braziliyalik futbolchining transferi uchun Belgiyaning «Bryugge» klubiga 33 million yevro to‘lagan edi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting