«Chelsi» va «Atletiko» APLning qiymati 93 mln yevro bo'lgan forvardiga da'vogarlik qilmoqda — ESPN
Ikki klub hujumchini yozgi transferlar oynasida qo‘lga kiritish imkoniyatini o‘rganmoqda.
ФОТО: Getty images
Londonning “Chelsi” va Madridning “Atletiko” klublari Angliyaning “Brentford” jamoasi forvardi Igor Tiago bilan shartnoma imzolashga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda ESPN’ning Braziliya nashri xabar bermoqda. Manbaga ko‘ra, ikki klub hujumchini yozgi transferlar oynasida qo‘lga kiritish imkoniyatini o‘rganmoqda.
Manbaning xabariga ko‘ra, “Brentford” o‘z futbolchisi uchun 80 million funt sterling (taxminan 92,8 million yevro) so‘ramoqda.
Igor Tiago 22 ta gol bilan Angliya Premyer-ligasining ikkinchi to‘purari bo‘lib turibdi va faqat “Manchester Siti” hujumchisi Erling Holanddan (24 gol) ortda qolmoqda. 2024-yilning yozida “Brentford” braziliyalikning transferi uchun Belgiya “Bryugge”siga 33 million yevro to‘lagan edi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist