locale OZ

\"Chelsi\" va \"Arsenal\" Sane uchun kurashga qo‘shildi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Chelsi" va "Arsenal" Sane uchun kurashga qo‘shildi
Photo: Getty Images

“Bavariya”ning 29 yoshli vingeri Leroy Sane joriy mavsum oxirida klubini o‘zgartirishi mumkin. Bu haqda Bild xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, futbolchi “Bavariya” bilan yangi shartnoma borasida kelisha olmagan. Tomonlar o‘rtasidagi amaldagi kelishuv iyun oyi oxirida yakunlanadi.

Germaniyalik futbolchiga “Arsenal” va “Chelsi” klublari qiziqish bildirayotgani aytilmoqda. Londonning ikki grandi Saneni erkin agent sifatida o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qilmoqda.

Leroy 2020 yildan beri “Bavariya” tarkibida o‘ynamoqda. Joriy mavsumda Bundesligada 29 ta o‘yinda 11 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting