locale OZ

\"Chelsi\" va \"Arsenal\" Rogers uchun kurashadi

Futbolchining transfer bahosi 55 mln yevroni tashkil etmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Chelsi" va "Arsenal" Rogers uchun kurashadi
Photo: Getty Images

“Aston Villa” yarim himoyachisi Morgan Rogers faoliyatini APLning boshqa klubida davom ettirishi mumkin.

Daily Mail nashri xabariga ko‘ra, "Arsenal" va "Chelsi" o‘z tarkibini kuchaytirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda. Har ikki jamoa hujumkor yarim himoyachini diqqat bilan kuzatib borishyapti.

2024/2025 yilgi mavsumda Morgan Rogers 54 ta o‘yin o‘tkazib, 14 ta gol urdi va 15 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Transfermarkt portali ekspertlari 22 yoshli futbolchini 55 million yevroga baholamoqda.

“Aston Villa” esa mavsumni Premer-ligada oltinchi o‘rinda yakunladi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting