«Chelsi» Upamekano uchun kurashga qoʻshildi
26 yoshli himoyachiga «Real» ham qiziqish bildirmoqda.
FOTO: Getty Images
Londonning «Chelsi» klubi «Bavariya» markaziy himoyachisi Dayo Upamekano uchun kurashga qoʻshildi. Fransiyalik futbolchiga, shuningdek, «Liverpul», «Inter» va «Real» ham qiziqish bildirmoqda. Bu haqda BILD nashri xabar berdi.
Manbaga koʻra, myunxenliklar 26 yoshli himoyachining transferini 60 million yevro atrofida baholamoqda. Biroq Upamekano 2026 yilning yozida shartnomasi yakunlanishi tufayli jamoani erkin agent sifatida tark etishi ehtimoli ham bor.
Maʼlumot uchun, «Bavariya» himoyachisi joriy mavsum barcha turnirlarda 16 ta oʻyinda maydonga tushib, bitta golga mualliflik qildi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 60 million yevroga baholanmoqda.
Nasrullo Karimov
Jurnalist