locale OZ

«Chelsi» uchta oʻyindan beri gol ura olmayapti

Londonliklar APLning 31-turida «Everton»ga yirik hisobda magʻlub boʻldi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Chelsi» uchta oʻyindan beri gol ura olmayapti
FOTO: Getty Images

Londonning «Chelsi» klubi Angliya Premyer-ligasining 31-turi doirasida «Everton»ga qarshi kechgan bahsda 0:3 hisobida yirik mag‘lubiyatga uchradi. Mazkur natija orqali «ko‘klar» barcha musobaqalarni inobatga olganda ketma-ket uchinchi uchrashuvda raqib darvozasiga yo‘l topa olishmadi.

Eslatib o‘tamiz, londonliklar bundan avval ichki chempionatda «Nyukasl»ga (0:1), Chempionlar Ligasining 1/8 final bosqichida esa «PSJ»ga (0:3) imkoniyatni boy bergan edilar.

Shuni ham ta’kidlash joizki, joriy mavsumda «Chelsi» APL doirasida jami 53 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Bu borada faqatgina «Manchester Yunayted» (56), «Manchester Siti» (60) va «Arsenal» (61) jamoalari yaxshiroq ko‘rsatkichga ega.

Ushbu mag‘lubiyatdan so‘ng Liam Rosenyor shogirdlari 48 ochko bilan Angliya chempionati turnir jadvalida oltinchi pog‘onani egallab turibdi. «Chelsi» navbatdagi tur doirasida «Manchester Siti»ga qarshi maydonga tushadi. Mazkur uchrashuv kelasi yakshanba, 12 aprel kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting