\"Chelsi\" Tayrik Jorjni \"Everton\"ga sotishga rozi bo‘ldi
"Chelsi" akademiyasi tarbiyalanuvchisi Tayrik Jorj faoliyatini "Everton"da davom ettirishga yaqin turibdi.
Xabarlarga ko‘ra, klublar 20 yoshli qanot hujumchisining transferi borasida kelishuvga erishgan. Bitim qiymati 24 million funt sterlingni tashkil etadi. Bundan tashqari, shartnomada 6 million funtgacha bonuslar hamda futbolchining keyingi transferidan "Chelsi" foydasiga 15 foizlik ulush ham nazarda tutilgan.
Tayrik Jorj o'tgan mavsumning ikkinchi yarmini ijara asosida "Everton" safida o'tkazib, jamoa murabbiylar shtabida ijobiy taassurot qoldirdi. Shundan so‘ng mersisaydliklar futbolchini to‘liq transfer qilish bo‘yicha muzokaralarni davom ettirib, yakunda kelishuvga erishdi.
Shu tariqa, "Chelsi" yozgi transfer oynasidagi navbatdagi transferini amalga oshirmoqda, "Everton" esa istiqbolli qanot hujumchisini doimiy asosda o‘z safida olib qolishga muvaffaq bo‘ldi.