«Chelsi» Sterlingni asosiy jamoa mashg‘ulotlaridan chetlatdi
“Chelsi” jamoasi hujumchisi Rahim Sterling yozgi transfer oynasi yakunida Saudiya Arabistoni klublaridan takliflar olgan bo‘lsa-da, jamoani tark etishdan bosh tortdi. Bu haqda Times Sport nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, shu qaroridan so‘ng 30 yoshli ingliz futbolchisi yanvardagi transfer oynasigacha asosiy jamoadan alohida mashg‘ulot olib boradi.
Shuningdek, “Chelsi” Sterling bilan 2027 yil yozigacha amal qiladigan shartnomani bekor qilish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.
Futbolchi jamoasini almashtirishni istamayapti. Hozirda u “aristokratlar”da haftasiga taxminan 346 ming yevro atrofida maosh oladi.
O‘tgan mavsumda Sterling “Arsenal”da ijarada to‘p tepdi va 28 uchrashuvda 1 ta gol, 5 ta golli pas qayd etdi. Transfermarkt portalining ma’lumotiga ko‘ra, futbolchining bozor bahosi 10 million yevroga teng.