«Chelsi» Sterling bilan tezroq xayrlashmoqchi
Sterling joriy mavsum "Chelsi" safida birorta ham o‘yinda maydonga tushmadi.
ФОТО: Getty images
"Chelsi" klubi qishki transferlar davrida hujumkor yarim himoyachi Rahim Sterling bilan xayrlashmoqchi. Bu haqda Caught Offside jurnalistlari xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, 31 yoshli futbolchining faoliyatini davom ettirish variantlari orasida ikkita klub tilga olinmoqda – bular "Lids" va "Kristal Pelas".
Agar Sterlingni hech kim sotib olmasa, "ko‘klar" futbolchi bilan mehnat shartnomasini muddatidan oldin bekor qilishlari mumkin.
Rahimning londonliklar bilan mehnat shartnomasi 2027 yilning yozida yakuniga yetadi. Yarim himoyachining bozor narxi besh million yevroga baholanmoqda. Sterling joriy mavsum "Chelsi" safida birorta ham o‘yinda maydonga tushmadi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist