locale OZ

«Chelsi» soʻnggi 10 yillikda 11-marta mamlakat kubogi yarimfinaliga chiqdi

London klubing ushbu bosqichdagi raqibi bugun maʼlum boʻladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Chelsi» soʻnggi 10 yillikda 11-marta mamlakat kubogi yarimfinaliga chiqdi
FOTO: Getty Images
Angliya Liga kubogi
16.12.2025, Yak.
Cardiff
1
Chelsi
3

Kecha, 16 dekabr kuni Londonning «Chelsi» klubi Angliya Liga kubogi 1/4 finalida «Kardiff Siti»ni 3:1 hisobida mag‘lub etdi. Ushbu g‘alaba orqali klub so‘nggi 10 mavsum ichida mamlakat kubok musobaqalarida 11-marta yarim final bosqichiga chiqdi. Bu haqda Squawka xabar bermoqda.

2016/2017 yilgi mavsumdan buyon «Chelsi» olti marta Angliya Kubogi, besh marta esa APL Kubogi yarimfinaliga yo‘l oldi. Oxirgi 10 yarimfinaldan sakkiztasida jamoa finalgacha yetib borgan, biroq atigi bir bor — 2017/2018-yilgi mavsumda Angliya Kubogini qo‘lga kiritgan.

«Chelsi»ning APL Kubogi yarimfinalidagi raqibi bugun, 17 dekabr kuni «Manchester Siti» va «Brentford» o‘rtasidagi uchrashuvdan so‘ng aniqlanadi. Turnirning amaldagi g‘olibi «Nyukasl Yunayted» bo‘lib, u finalda «Liverpul»ni 2:1 hisobida mag‘lub etgan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting