“Chelsi” Skott bo‘yicha yangi taklif tayyorlamoqda
London klubi 22 yoshli futbolchini tarkibiga qo‘shish bo‘yicha muzokaralarni davom ettirmoqda.
Foto: Getty Images
“Chelsi” “Bornmut” yarim himoyachisi Aleks Skottni transfer qilish bo‘yicha yangi taklif bilan chiqishga tayyorlanmoqda. London klubi 22 yoshli futbolchini tarkibiga qo‘shish bo‘yicha muzokaralarni davom ettirmoqda.
“Chelsi” avvalroq Skott uchun taklif bilan chiqqan, biroq “Bornmut”ning talablarini qondira olmagan. Endi londonliklar futbolchi bo‘yicha yaxshilangan taklif tayyorlashni rejalashtirmoqda.
Skott “Bornmut” safida asosiy tarkib futbolchilaridan biriga aylangan. Angliyalik yarim himoyachi markazda ham, qanotda ham o‘ynay olishi bilan “Chelsi” murabbiylar shtabining e’tiborini tortgan.
Ma’lumot uchun, Aleks Skott 2023-yilda “Bornmut”ga “Bristol Siti”dan ko‘chib o‘tgan. Uning amaldagi shartnomasi 2028-yilgacha mo‘ljallangan.
Nasrullo Karimov
Jurnalist