“Chelsi” skautlari Markaziy Osiyo bozoriga yo‘naldi
Londonning “Chelsi” klubi yangi rahbariyat kelganidan so‘ng transfer siyosatida katta o‘zgarishlar qildi. Endi klubning asosiy e’tibori tayyor yulduzlardan ko‘ra, dunyo bo‘ylab yosh va iqtidorli futbolchilarni izlab, ularni tarbiyalashga qaratilmoqda.
Shu maqsadda “Chelsi” o‘z skautlar tarmog‘ini kengaytirib, Markaziy Osiyo mamlakatlarida ham faoliyat boshladi. Endi klub seleksionerlari Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Turkmaniston va Tojikiston kabi ilgari yetarlicha e’tibor qaratilmagan hududlarda ham yosh talentlarni qidira boshlaydi.
O‘zbekiston futbolchilari uchun bu yangilik katta imkoniyat hisoblanadi. Ular maydondagi chiqishlari va o‘sish sur’atlari bilan Yevropa skautlari diqqat markazida bo‘lishlari mumkin. Dunyoning yetakchi klublaridan biri tomonidan kuzatilishi esa yoshlar uchun eng nufuzli akademiyalarga yo‘l ochishi mumkin.