«Chelsi» Simons uchun Nkunkuni taklif qildi
Photo: Getty Images
"Chelsi" klubi Xavi Simonsni o‘z jamoasiga qo‘shib olish uchun "Leyptsig"ga o‘z yarim himoyachisi Kristofer Nkunkuning xizmatlari va qo‘shimcha pul taklif qildi. Bu haqda The Guardian xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, London klubi Simons bilan shartnoma borasida og‘zaki kelishuvga erishgan. Londonliklar esa to‘lovning bir qismini fransiyalik futbolchi bilan to‘lamoqchi.
"Leyptsig" uchun bu taklif ham foydali bo‘lishi mumkin, chunki "Manchester Yunayted" safiga borib qo‘shilgan Benyamin Sheshko o‘rnini sobiq futbolchisi bilan to‘ldirish har ikkala tomon uchun ham manfaatli bo‘lishi mumkin.
Bahrom Bobonov
Redaktor