locale OZ

«Chelsi» Shtiller uchun kurashga qoʻshildi

Transfermarkt portali Shtillerning aktual transfer narxini 45 million yevroga baholamoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Chelsi» Shtiller uchun kurashga qoʻshildi
ФОТО: Getty images

“Shtutgart” yarimhimoyachisi Anjelo Shtiller faoliyatini Angliya klubida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Bild nashri xabar tarqatmoqda.

Manbaga ko‘ra, 25 yoshli futbolchi xizmatlariga “Chelsi” qiziqib qolgan. London klubi yarimhimoyachi transferi uchun “Real” va “Manchester Yunayted” bilan kurashga qo‘shilgan.

“Shtutgart” futbolchisi sotuvdan 50 million yevrodan kam bo‘lmagan summa ishlamoqchi. Uning amaldagi shartnomasi 2028 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan.

Joriy mavsumda 25 yoshli futbolchi 44 o‘yinda 1 ta gol urib, 9 ta golli uzatma yetkazib bergan.
Transfermarkt portali Shtillerning aktual transfer narxini 45 million yevroga baholamoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting