locale OZ

«Chelsi» Sanchez o‘rniga olib kelishi mumkin bo‘lgan 5 nafar darvozabon

1 iyuldan ish boshlaydigan Xabi Alonso uchun yangi asosiy darvozabon zarur.
«Chelsi» Sanchez o‘rniga olib kelishi mumkin bo‘lgan 5 nafar darvozabon
Фото: Getty Images

"Chelsi" o‘tgan mavsumda darvozabonlar masalasida muammoga duch keldi. Robert Sanchez muhim o‘yinlarda ishonchsiz harakat qildi.

Filip Jorgensen esa ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish istagida “ko‘klar”ni tark etmoqchi. 1 iyuldan ish boshlaydigan Xabi Alonso uchun yangi asosiy darvozabon zarur. Klub 5 nafar darvozabon nomzodini ko‘rib chiqmoqda.

Mile Svilar («Roma»)

26 yoshli serb posboni, A Seriyada ikki marta yilning eng yaxshi darvozaboni deb topilgan. "Chelsi" unga allaqachon 43 mln funt taklif qilgan, ammo "Roma" rad etgan. Biroq rimliklarning moliyaviy muammolari tufayli transfer yana kun tartibiga chiqishi mumkin. Afzalligi — ligadagi eng yuqori seyv foizi. Kamchiligi — "Roma" uni sotishni istamayapti.

Mike Menyan («Milan»)

Bir yil avval klubni tark etishga tayyor edi, ammo tomonlar 5 mln yevroga kelisha olmagan. Yanvar oyida yangi shartnoma imzoladi, lekin "Milan" yana Chempionlar ligasisiz qoldi. Muammo shundaki, "Chelsi" ham evrokuboklarda ishtirok etmaydi. Bunday holatda Menyanni ko‘ndirish biroz qiyin bo‘ladi.

James Trafford («Manchester Siti»)

Palmer, Lavia, Gittens va Delap bilan akademiyadan tanish. Oyoq bilan o‘ynashda juda yaxshi. "Siti"da u Janluiji Donnarumma ortida zaxirada o‘tiradi. Tabiiyki, yosh bo‘lgan kiper jamoasini o‘zgartirmoqchi. Doimiy o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishni istamoqda. “Siti” Traffordni saqlab qolmasa kerak. Axir, u o‘sishi kerak.

Marco Karnesekki («Atalanta»)

25 yosh, himoyadan ishonchli chiqish qobiliyatiga ega (Alonso uslubiga juda mos). Shartnomasining so‘nggi ikki yiliga kirgan — "Atalanta" uni oqilona narxda qo‘yib yuborishi mumkin. A Seriyaning eng yaxshi darvozabonlaridan biri, ammo katta shov-shuvsiz. "Chelsi" allaqachon Markoning agentlari bilan dastlabki muzokaralarni o‘tkazgan.

Roben Risser («Lens»)

"Strasburg" klubining tarbiyalanuvchisi. Bu yerdan 5 mln yevroga, deyarli imkoniyat berilmasdan sotilgan. Hozir esa "Lens" safida ajoyib mavsum o‘tkazib, Liga 1ning eng yaxshi darvozaboniga aylandi. 11 ta bahsda darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. Uning transferi klubning o‘z xatosini tan olishi bo‘ladi. Balki hozir "Chelsi"ga aynan shunday qaror kerakdir.

Har bir nomzodning o‘ziga yarasha xavflari bor: Svilar qimmat va sotilmayapti, Menyan evrokuboklarsiz jamoaga kelmasligi mumkin, Trafford tajribasiz. Karnesekki va Risser esa katta nom emas. Ammo Alonso tanlov qilishi kerak.

Sport — bir bosishda!
Jamiyatlarimizga obuna bo‘ling va sport voqealaridan xabardor bo‘ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting