locale OZ

«Chelsi» Rosenyorni iste’foga chiqarsa, rekord darajadagi tovon puli to‘laydi

41 yoshli mutaxassis londonliklar safini tark etishi mumkin.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Chelsi» Rosenyorni iste’foga chiqarsa, rekord darajadagi tovon puli to‘laydi
FOTO: Getty Images

Londonning «Chelsi» klubi bosh murabbiy Liam Rosenyorni yaqin vaqt ichida lavozimidan ozod etadigan bo‘lsa, unga 27,6 million yevro miqdorida kompensatsiya to‘lashiga to‘g‘ri keladi. Bu haqda The Sun nashri xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, ushbu summa futbol tarixidagi eng yirik iste’fo tovon pullaridan biri bo‘lishi mumkin. 41 yoshli mutaxassis qo‘l ostida «Chelsi» so‘nggi vaqtlarda inqirozga yuz tutdi: jamoa Angliya Premyer-ligasida ketma-ket beshta o‘yinda mag‘lubiyatga uchradi va birorta ham gol ura olmadi.

Ingliz mutaxassisi shu yilning yanvar oyida «Strasburg»dan «Chelsi»ga ko‘chib o‘tgan edi. Uning klub bilan imzolagan amaldagi shartnomasi 2032 yilga qadar mo‘ljallangan. Aynan shartnomaning uzoq muddatliligi tovon pulining bu qadar yuqori bo‘lishiga sabab bo‘lmoqda.

Ma’lumot uchun, Angliya chempionatining 34 ta turidan so‘ng «Chelsi» 48 ochko bilan turnir jadvalida yettinchi o‘rinda bormoqda. 33 ta o‘yinda 70 ochko jamg‘argan «Arsenal» musobaqa peshqadami bo‘lib turibdi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting