«Chelsi» Rosenyor murabbiylar shtabiga qoʻshilgan mutaxassislar nomini eʼlon qildi
«Chelsi» matbuot xizmati klubning yangi bosh murabbiyi bo‘lgan Liam Rosenyor shtabiga kimlar kirishini ma’lum qildi. Mutaxassis London klubidagi faoliyatini 6 yanvar kuni rasman boshlagan.
«41 yoshli Liam jamoani seshanba kuni qabul qilib oldi. «Fulhem»ga qarshi o‘yinimizni tribunadan kuzatgach, Rosenyor ilk bor shanba kuni, Angliya Kubogi uchinchi bosqichi doirasida «Charlton Atletik»ka qarshi bahsda murabbiylar o‘rindig‘idan jamoani boshqaradi. «Stemford Brij»da Rosenyorga Kalifa Sisse va Jastin Uoker qo‘shildi. Har ikki mutaxassis asosiy jamoa murabbiylari etib tayinlandi, ular avvalroq Rosenyor bilan birga «Strasburg»da ishlagan», — deyiladi «Chelsi» matbuot xizmati xabarida.
Shuningdek, Ben Uorner ham Fransiyaning Liga 1 klubidan «Chelsi»ga asosiy jamoa tahlilchisi sifatida kelib qo‘shildi.