locale OZ

«Chelsi» Rosenyor ketganidan soʻng soʻnggi ikki oʻyinda bir ochko toʻpladi

Londonliklar murabbiy iste’fosidan so‘ng chempionatda ochko yo‘qotishda davom etmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Chelsi» Rosenyor ketganidan soʻng soʻnggi ikki oʻyinda bir ochko toʻpladi
FOTO: Getty Images

Angliya Premyer-ligasining 36-turida «Chelsi» jamoasi «Liverpul» bilan durang (1:1) o‘ynadi. Shu tariqa, London klubi bosh murabbiy Liam Rosenyor iste’foga chiqarilganidan keyin APLning ikki turida bor-yo‘g‘i bir ochko jamg‘ara oldi.

«Ko‘klar» 22 aprel kuni Rosenyorning iste’fosini e’lon qilgan edi. Mutaxassis ketganidan so‘ng jamoani vaqtincha Kalum Makfarleyn boshqarmoqda. Uning qo‘l ostida «Chelsi» Angliya kubogi yarim finalida «Lids»ni mag‘lub etdi (1:0), biroq Premyer-ligada «Nottingem Forest»ga (1:3) imkoniyatni boy berdi.

Angliya chempionatining 36 ta o‘yinidan so‘ng mersisaydliklar 59 ochko bilan to‘rtinchi o‘rinni egallab turibdi. 49 ochko to‘plagan «ko‘klar» esa 9-pog‘onadan joy olgan. Oldinda «Chelsi»ni muhim bahs kutmoqda: 16 may kuni jamoa Angliya kubogi finalida «Manchester Siti» bilan kuch sinashadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting