locale OZ

“Chelsi” Reshfordni o'z safiga qo‘shib olishi mumkin

London klubi angliyalik futbolchining vaziyatini kuzatmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Chelsi” Reshfordni o'z safiga qo‘shib olishi mumkin
Foto: Getty Images

“Chelsi” “Manchester Yunayted” hujumchisi Markus Reshfordni transfer qilish variantini ko‘rib chiqmoqda. London klubi angliyalik futbolchining vaziyatini kuzatmoqda va transfer oynasi yopilishidan oldin uning bo‘yicha harakat qilishi mumkin.

Reshfordning kelajagi hozircha noaniq. U 2025/26-mavsumni “Barselona”da ijara asosida o‘tkazgan, biroq kataloniyaliklar futbolchini doimiy ravishda sotib olish imkoniyatidan foydalanmagan. Shu sababli hujumchi “Manchester Yunayted”ga qaytgan.

“Chelsi” uchun asosiy masalalardan biri futbolchining maoshi va transfer shartlari bo‘lishi mumkin. Avvalroq klub Reshfordni faqat ijara asosida tarkibga qo‘shish variantini ko‘rib chiqqani haqida xabarlar tarqalgan.

Ma’lumot uchun, Reshford 2025/26-mavsumda “Barselona” safida yaxshi natija qayd etgan va klub uchun 14 ta gol hamda 14 ta golli uzatmaga hissa qo‘shgan. Uning “Manchester Yunayted” bilan kelajagi esa transfer oynasi yakuniga qadar hal qilinishi kutilmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting