«Chelsi» «Renn» himoyachisi Jeremi Jake bilan kelishuvga erishdi
20 yoshli futbolchi APLga koʻchib oʻtishga tayyor.
FOTO: Getty Images
Londonning «Chelsi» klubi «Renn» himoyachisi Jeremi Jake bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib oldi. Bu haqda jurnalist Fabrizio Romano ma’lum qildi.
Manbaga ko‘ra, 20 yoshli futbolchi APL klubi safida o‘ynashga tayyor, ammo muzokaralar davom etmoqda. «Renn» fransuz futbolchisi uchun 65 mln yevro talab qilmoqda.
Jeremi Jake klub tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Joriy mavsumda u Fransiya chempionatida 16ta o‘yinda maydonga tushdi va har birida asosiy tarkibda qatnashdi. Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 20 mln yevroni tashkil etadi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist