“Chelsi” Renatu Veygani ortga qaytarmoqchi
“Chelsi” “Vilyarreal” safida to‘p tepayotgan Portugaliya terma jamoasi himoyachisi Renatu Veygani qaytarishni ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Topskills Sports UK xabar berdi.
23 yoshli futbolchi 2024/25-yilgi mavsumda “Chelsi” safida 18 ta uchrashuvda maydonga tushgan. 2025-yilning yozida esa London klubi Veygani 24,5 million yevro evaziga “Vilyarreal”ga sotgandi.
Veyga joriy mavsum barcha turnirlarda 8 ta uchrashuvda qatnashib, bir bor golli uzatma amalga oshirdi. Portugaliyalik himoyachining “Vilyarreal” bilan amaldagi shartnomasi 2032-yil yozigacha mo‘ljallangan.
Ma’lumot uchun, Transfermarkt Veyganing hozirgi transfer qiymatini 30 million yevroga baholamoqda. “Chelsi” uning transferidan atigi bir yil o‘tib futbolchini qaytarish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.