locale OZ

«Chelsi» qishda Abduqodir Husanovni o‘z safiga qo‘shib olishi mumkin – manba

Shuningdek, yana APLning uchta klubi ham o‘zbekistonlik futbolchini kuzatmoqda.
«Chelsi» qishda Abduqodir Husanovni o‘z safiga qo‘shib olishi mumkin – manba
photo: gettyimages

«Chelsi» qishda Abduqodir Husanovni o‘z safiga qo‘shib olishi mumkin – manba

Shuningdek, yana APLning uchta klubi ham o‘zbekistonlik futbolchini kuzatmoqda.

«Chelsi» klubi «Manchester Siti» himoyachisi Abduqodir Husanovning vaziyatini diqqat bilan kuzatib bormoqda. Bu haqda Caught Offside xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, «ko‘klar» qishki transfer oynasi vaqtida o‘zbekistonlik 22 yoshli futbolchini o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatidan foydalanishi mumkin.

Qayd etilishicha, Abduqodir «shaharliklar»ning asosiy tarkibida muntazam ravishda maydonga tusha oladimi yoki yo‘qmi, aniq emas. Shu bois «Chelsi» himoyachining vaziyatini sinchiklab o‘rganmoqda.

Shuningdek, yana Angliya Premer-ligasining uchta klubi Husanovni o‘z safiga qo‘shib olish variantini ko‘rib chiqmoqda.

Bu mavsumda Abduqodir barcha turnirlar doirasida 6 ta uchrashuvda ishtirok etdi. Uning «Manchester Siti» bilan amaldagi shartnomasi 2031 yil yoziga qadar mo‘ljallangan.

Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, uning transfer qiymati 50 million yevroni tashkil etadi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting